OMMAVIY OFERTAONLAYN KURS SOTISH SHARTNOMASI
Tahrir sanasi: 08.10.2026
1. Umumiy qoidalar
Ushbu hujjat Murodxonov Umarxon, keyingi o'rinlarda "Sotuvchi", tomonidan onlayn video kurslarni sotish bo'yicha ommaviy taklif (oferta) hisoblanadi.
Saytda to'lovni amalga oshirish ushbu oferta shartlarini to'liq qabul qilganingizni bildiradi (aksept). Shundan so'ng siz "Xaridor" hisoblanasiz.
2. Shartnoma predmeti
Sotuvchi Xaridorga saytda ko'rsatilgan onlayn video kursga sayt orqali kirish huquqini beradi, Xaridor esa uning narxini to'laydi.
3. Narx va to'lov
- Kurs narxi saytda so'mda ko'rsatiladi va to'lov paytidagi narx amal qiladi.
- To'lov Click, Payme yoki boshqa to'lov tizimlari orqali bank kartasi bilan amalga oshiriladi.
- Karta ma'lumotlari Sotuvchiga berilmaydi va saqlanmaydi.
4. Kursni taqdim etish
- To'lov tasdiqlangach, kurs darslari Xaridor uchun saytda darhol ochiladi.
- Texnik sabab bilan ochilmasa, Sotuvchi 24 soat ichida kirishni ta'minlaydi.
- Kursga kirish muddati: Sotuvchi faoliyat yuritib turgan butun davr ichida.
5. Pulni qaytarish
- Saytdagi kurs sahifasida har bir ochilgan dars hisobga olinadi va "Ko'rildi" hisoblagichida ko'rsatiladi.
- Xaridor to'lovdan keyin 3 kun ichida, kurs darslarining 25 foizidan ko'pini (8 ta darsli kursda 2 tadan ko'pini) ochmagan bo'lsa, murojaat qilib pulni to'liq qaytarib olishi mumkin.
- Darslarning 25 foizidan ko'pi ochilgan bo'lsa yoki 3 kun o'tgan bo'lsa, kurs to'liq taqdim etilgan hisoblanadi va pul qaytarilmaydi, texnik nosozlik holatlari bundan mustasno.
- Chegaradan o'tadigan darsni ochishdan oldin sayt Xaridorni ogohlantiradi.
- Qaytarish to'lov qilingan kartaga 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
6. Mualliflik huquqi
Kurs materiallari Sotuvchining intellektual mulki. Ularni ko'chirish, qayta sotish yoki uchinchi shaxslarga tarqatish taqiqlanadi. Qoidabuzarlikda Sotuvchi kirish huquqini qaytarmasdan bekor qilishi mumkin.
7. Javobgarlik
Sotuvchi kurs mazmunining sifatli bo'lishi uchun javob beradi, ammo Xaridor kursdan olgan bilimlarni qo'llash natijalarini kafolatlamaydi. Internet ishidagi uzilishlar uchun Sotuvchi javobgar emas.
8. Shaxsiy ma'lumotlar
Xaridorning ismi va telefon raqami faqat buyurtmani bajarish uchun ishlatiladi. Batafsil: maxfiylik siyosati.
9. Nizolar
Nizolar avvalo muzokara yo'li bilan hal qilinadi. Kelishilmasa, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.